HuquqYo‘l
15 ta soha bo‘yicha 168 ta vaziyat: huquqiy manbalar, kerakli dalillar va keyingi qadamlar.
Huquqiy yo‘l xaritasi, AI yordamidagi hujjat konstruktori va virtual yuridik klinika — bitta platformada. Vaziyatingizni tanlang, qonunchilikdagi manbani ko‘ring, rasmiy ariza tayyorlang yoki klinikaga murojaat qiling.
15 ta soha bo‘yicha 168 ta vaziyat: huquqiy manbalar, kerakli dalillar va keyingi qadamlar.
11 xil hujjat, jumladan sudga da’vo arizasi. Vaziyat faktlari, aniq talab va huquqiy asoslardan rasmiy matn loyihasi hosil qiling.
Ro‘yxatdan o‘ting, murojaat yuboring va klinika moderatorining javobini kabinetingizda oling.
Tekshirilgan holatlarda aniq modda, qolganlarida tegishli normativ hujjat havolasi berilgan. Modda ko‘rsatilmagan holatlar ekspertizadan o‘tmagan.
Hujjat konstruktoriga kiritilgan ma’lumotlar serverda saqlanmaydi. Klinika murojaatini faqat siz va tayinlangan moderator ko‘radi; AI’ga ismingiz yuborilmaydi.
Hujjat turini tanlab, faktlarni kiriting. Tekshirilgan normalar bo‘lsagina modda kiritiladi. Noma’lum faktlar va qonun moddalari uydirilmaydi.
AI siz yozgan faktlarni rasmiy uslubga keltiradi, talablarni raqamlaydi va yetishmayotgan ma’lumotni so‘raydi. U ism, sana, summa yoki qonun moddasini o‘ylab topmaydi: bunday gaplar avtomatik olib tashlanadi. Tizimga kirgan foydalanuvchi uchun kuniga 5 ta so‘rov.
AI holati tekshirilmoqda…
Ro‘yxatdan o‘ting, murojaatingizni yuboring va holatini shu yerda kuzating. Murojaatni klinika moderatori ko‘rib chiqadi va javobni kabinetingizga yozadi.
Bitta hisob bilan AI hujjat generatoridan foydalanasiz, klinikaga murojaat yuborasiz va javoblarni shu yerda kuzatasiz.
Onlayn bazaga ulanish tekshirilmoqda…
Ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat email va parol kerak. Maxfiylik siyosati
Har bir murojaat bo‘yicha klinika bilan yozishishingiz mumkin. Yangi javob kelsa, menyudagi “Kabinet” yonida qizil belgi chiqadi.
Bu panelni faqat bazada moderator roli berilgan shaxs ko‘ra oladi.
Platformadan qanday foydalanilayotgani: qaysi vaziyatlar ko‘p ochilyapti, qaysi hujjatlar tayyorlanyapti va klinika qanchalik faol.
Har bir ustun — kun davomidagi tashriflar (sessiyalar) soni.
Statistika anonim: ism, email, IP manzil va kiritilgan matnlar saqlanmaydi. Moderatorlarning o‘z faoliyati va “Do Not Track” yoqilgan brauzerlar hisobga olinmaydi.
Fuqarolarning kundalik huquqiy muammolarida dastlabki yo‘l xaritasini, rasmiy hujjatni va mutaxassis bilan bog‘lanish imkoniyatini yagona platformaga to‘plash loyihasi.
Huquqiy axborotga kirishni osonlashtirish va fuqaroga faqat tushuntirish emas, amaliy harakat yo‘lini ham ko‘rsatish.
HUQUQ HUB — LegalTech pilot loyihasi. Hozir ishlaydi: 168 vaziyatli huquqiy navigator, AI yordamida rasmiy hujjat tayyorlash (Word va PDF) hamda onlayn yuridik klinika. Keyingi bosqich — barcha vaziyatlar uchun Lex.uz moddalarini huquqshunoslar bilan tekshirish.
HUQUQ HUB startap loyihasining tashabbuskori va asoschisi. Loyiha huquqiy yordam jarayonini raqamlashtirish, foydalanuvchilarga qonunchilik asosidagi yo‘nalish berish va virtual yuridik klinika konsepsiyasini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Tasdiqlangan moddalarga havolalar Lex.uz hujjatining tegishli sarlavhasini topishga mo‘ljallangan. Yangi katalogning qolgan vaziyatlari yuridik ekspertiza navbatida. Brauzer matn fragmentini qo‘llamasa, hujjatda modda raqamini qidirish mumkin.
Qonunlar o‘zgarishi mumkin. Oxirgi tahrirni albatta tekshiring.
Ha. Tizimga kirgan foydalanuvchi kuniga 5 marta AI yordamida rasmiy matn tayyorlay oladi. AI faqat siz kiritgan faktlardan foydalanadi: siz aytmagan sana, summa yoki modda avtomatik olib tashlanadi, huquqiy asos esa faqat tekshirilgan katalogdan qo‘yiladi. Natijani yuborishdan oldin albatta o‘qib chiqing.
Himoyalangan bulut bazasiga tushadi. Uni faqat siz va klinika moderatori ko‘radi, javob “Mening murojaatlarim” bo‘limida chiqadi. Hali ko‘rib chiqilmagan murojaatni o‘zingiz o‘chira olasiz.
Yangi oynada A4 formatli hujjat ochiladi. “Chop etish / PDF” tugmasini bosib “Save as PDF” tanlanadi. Bu usul o‘zbekcha belgilarni brauzer shriftida saqlaydi.
Ular loyiha sifatida yaratiladi. Haqiqiy ishga qo‘llashdan avval rekvizitlar, faktlar, organ vakolati, normaning amaldagi tahriri va ilovalar tekshirilishi kerak.